Sun’iy intellekt (AI) bugungi kunda texnologiyaning eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri. “Artificial Intelligence” atamasini birinchi bo‘lib 1956-yilda amerikalik olim Jon Makkarti ishlatgan. O‘zbekchaga u sun’iy intellekt deb tarjima qilingan bo‘lib, sun’iy – inson tomonidan yaratilgan, intellekt – aql, tafakkur degan ma’noni anglatadi.
AI g‘oyasi esa undan ham oldin boshlangan. 1943-yilda Uorren Makkallox va Valter Pitts miyadagi nerv hujayralariga o‘xshash sun’iy neyron modelini yaratishdi. Bu bugungi neyron tarmoqlarning ilk poydevori bo‘lgan.
1950-yilda mashhur matematik Alan Tyuring Mashinalar o‘ylay oladimi? degan savolni qo‘ydi va Tyuring testini taklif qildi. Bu test mashina odamdek fikrlay oladimi-yo‘qmi, shuni aniqlash uchun yaratilgan edi.
Kompyuterlar kuchsiz bo‘lgani uchun AI dastlab juda sekin rivojlandi. Ammo 2010-yillardan boshlab katta ma’lumotlar, kuchli grafik kartalar va deep learning texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan AI tezkorlik bilan rivojlana boshladi.
Bugun ChatGPT, oʻzini oʻzi boshqaruvchi mashinalar, yuzni aniqlash, tibbiyotdagi suniʼy intelekt — bularning barchasi o‘sha dastlabki g‘oyalarning davomidir. Sun’iy intellekt endi hayotimizning eng muhim qismiga aylanmoqda.
O'zbek tilida Sun’iy intellekt haqida @QulayAi da!